21:15 / 29.03.2021
2 051

Bojxonachilar “pufak”operatsiyasini fosh etishdi

Respublikamiz bojxonachilar tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Sirg‘ali” bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan poytaxtimizda faoliyat yurituvchi jamiyatlardan birining nomiga 2 ta yuk konteynerida keltirilgan 4 turdagi xo‘jalik tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, mazkur yuklar orasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan jami qiymati 501 mln. so‘mlik 5 mln. dona pufaklar hamda yopishqoq lenta tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar “pufak”operatsiyasini fosh etishdi