22:00 / 29.03.2021
1 983

Samarqandda ushlangan sher bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi

Samarqandda ushlangan sher bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi
Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida 27 mart kuni o‘tkazilgan reyd davomida Qashqadaryodan Andijonga harakatlanayotgan avtomashinada noqonuniy olib ketilayotgan sher bolasi olib qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, sher bolasi 29 mart kuni veterinariya va xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilingan holda Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan. 1 yoshda deb taxmin qilinayotgan sher bolasining ahvoli yaxshi bo‘lib, bog‘ xodimlari tomonidan parvarish qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, sher bolasini qashqadaryolik va andijonlik ikki shaxs Nexia-2 mashinasi yukxonasida olib ketayotgan bo‘lgan. Ularda ushbu hayvonni boqish va parvarishlash uchun hech qanday hujjati yo‘qligi aniqlangan. Haydovchi vaziyatdan qutulish uchun sher bolasi yotgan yukxonani harakat vaqtida ochib, hayvonni qochirib yubormoqchi bo‘lgan. IIO xodimlari mashinani zudlik bilan to‘xtatib, sherni qayta ushlab, mashinaga solib, IIBB qoshidagi Kinologiya bo‘limiga olib borilgan. Sher bolasining bir oyog‘i lat yegani aniqlangani sababli davo choralaridan so‘ng Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilishi aytilgandi.

Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Andijon viloyatining Marhamat tumanidan bo‘lgan fuqaro ushbu sherni o‘tgan yili karantindan avval Qashqadaryodan sotib olgan va shu vaqtgacha olib keta olmaganini aytmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, sherg tegishli hujjatni rasmiylashtirish uchun olib ketayotganida ichki ishlar xodimi tomonidan to‘xtatilgan. Fuqaro sherni yangi tug‘ilgan paytida sotib olgani, bu haqda oldi-sotdi shartnomasi borligi va uni ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan.

Ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ushlangan sher bolasi Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi