22:37 / 31.03.2021
1 938

30 mart kuni MIB Nishon tuman bo‘limi binosida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

30 mart kuni MIB Nishon tuman bo‘limi binosida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida Majburiy ijro byurosi markaziy apparati, viloyat prokuraturasi hamda Byuroning viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Yarmarkada kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, «Yoshlar daftari» hamda «Temir daftar» ga kiritilgan ishsiz fuqarolar, uyushmagan yoshlar va aliment to‘lovchilarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish va kasbiy tayyorgarlikka yuborish diqqat markazida bo‘ldi.

Yarmarkada 60 dan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi. Shundan 6 nafar fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida yo‘llanmalar berildi, 10 dan ortiq fuqarolarga kredit olib o‘z ish faoliyatlarini boshlashlari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Yarmarkadan so‘ng, voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment oluvchi hamda to‘lovchilar uchun yig‘ilish tashkil qilindi. Unda oilalarni yarashtirish, aliment majburiyatlarini bajarish, aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshirishning mazmun-mohiyati yuzasidan yig‘ilganlarga tushunchalar berildi.

Majburiy ijro byurosi
Qashqadaryo viloyat boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 30 mart kuni MIB Nishon tuman bo‘limi binosida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi