16:05 / 03.04.2021
1 498

O‘zbekistonda 2 aprel kuni jami 9211 nafar fuqaro emlandi

O‘zbekistonda 2 aprel kuni jami 9211 nafar fuqaro emlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda 2 aprel kuni necha kishi emlangani haqida ma’lumot berdi. Vaksinatsiyaning ikkinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 9211 nafar fuqaro emlandi.

Vaksina olganlarning 3726 nafarini 65 yoshdan yuqori fuqarolar va 5485 nafarini tibbiyot xodimlari tashkil qildi.

2 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Toshkent shahri (2313 nafar),
- Qashqadaryo viloyati (1021 nafar),
- Andijon viloyati (783 nafar),
- Toshkent viloyati (740 nafar),
- Namangan viloyati (713 nafar) band qildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1 aprel kuni 5018 nafar fuqaro emlangan edi.
Emlash jarayonlari davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 2 aprel kuni jami 9211 nafar fuqaro emlandi