Foto: «Uza.uz»
Davlatimiz rahbarining 2019 yil 10 apreldagi «O‘zbekistonda Sharda universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan Andijonda tashkil etilgan Sharda universitetida ayni paytda bir necha yo‘nalishlarda talabalar ingliz tilida tahsil olmoqda.
Sharda universiteti hamda Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi o‘rtasida umumta’lim maktablarini oliy ta’limga tayyorlash, o‘quvchilarning bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ana shu hamkorlik doirasida bu yil ilk bor Sharda olimpiadasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Mazkur olimpiadaning quyi bosqichlarida 6 ta fan (kimyo, biologiya, fizika, informatika, matematika, ingliz tili) bo‘yicha qariyb 4 mingdan ziyod o‘quvchilar ishtirok etdi. Yuqori natijaga erishgan 287 nafar bitiruvchi yoshlar olimpiadaning final bosqichida o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.
«Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 18 nafar maktab bitiruvchisi muddatidan avval talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu albatta, o‘quvchilarimizni puxta bilim olishga bo‘lgan intilishi, faolligini oshiradi, qolaversa, oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda, muddatidan avval kirish imkonini beradi», – deydi Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov.
Qo‘shma loyiha doirasidagi navbatdagi olimpiada O‘zbekiston – Koreya xalqaro universiteti (KIUF) hamkorligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Bir yilda 10 ming nafar chet el fuqarosi O‘zbekistonda ishlash uchun litsenziya oldi

Prezident 113 nafar mahkumni afv etdi

Shahrisabzda mudhish hodisa: erkak o‘ziga qo‘shib uch farzandi va rafiqasini avtomobil ichida yoqib yubordi

Behzod Musayev: "Har 100 nafar bemorga bir nafar nufuzli tibbiyot xodimi biriktiriladi"

Andijonlik maktab bitiruvchilarining 190 nafari muddatidan avval OTMlarga qabul qilindi

2015 yilda O‘zbekistonda maktab bitiruvchilari soni 483 ming nafarni tashkil etdi