21:13 / 06.04.2021
2 510

“Yoshlar ijod saroyi” da kitobxonlik kechasi

“Yoshlar ijod saroyi” da kitobxonlik kechasi
Yoshlar ijod saroyida professor Zarifboy Ibodullayev bilan uchrashuv
“Yoshlar ijod saroyi” da kitobxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda professor Zarifboy Ibodullayevning “Tibbiyot psixologiyasi”, “Asab va ruhiyat” hamda “Umumiy nevrologiya” kitoblari taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirni Muhiddin Omon olib bordi. Tadbirning eng asosiy ishtirokchilari “Temurbek maktabi” kursantlari bo‘ldi.

Professor Zarifboy Ibodullayev "Temurbek maktabi" kursantlariga o‘zi yozgan kitoblarni taqdim qilmoqda
Tibbiyot va psixologiyaga oid bir necha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-ommabop risolalar muallifi, taniqli olim Zarifboy Ibodullayev bilan uchrashuv juda qiziqarli muhitda o‘tdi. Ayniqsa o‘zbek kitobxonlariga mashhur bo‘lgan va 4 marotaba nashr yuzini ko‘rgan “Asab va ruhiyat” kitobi yozilishi tarixi hamda olimning qiziqishlari haqida ko‘p savol-javoblar bo‘ldi.

"Temurbek maktabi" kursantlari Zarifboy Ibodullayevning dastxati
“Temurbek maktabi” o‘quvchilari, ya’ni kelajakda yurtimiz posbonlari va bo‘lajak ofitserlarga ruhiyatni chiniqtirish, to‘g‘riso‘zlik, mardlik va har qanday vaziyatda ham shijoatli bo‘lib qolish uchun tinimsiz izlanish, ilm olishda aslo to‘xtamaslik haqida ko‘p maslahatlar berildi. Kursantlar, shuningdek, tibbiyot psixologiyasi, psixosomatik kasalliklar, nevrozga chalinmaslik yo‘llari haqida ham olimga savollar bilan yuzlanishdi.

Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilarga ustoz Zarifboy Ibodullayev “Tibbiyot psixologiyasi” va “Asab va ruhiyat” kitoblariga dastxat yozib sovg‘a qildi.

Kurbonov Sobitjon, Gapurov Abdurashid
6 aprel 2021 yil

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yoshlar ijod saroyi” da kitobxonlik kechasi