2 415
«Ular boshqa biror joyda ishlamasin» - Prezident videoselektorda ishdan olingan amaldorlarni xiyonatchi deb atadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo va Navoiy viloyatidagi rahbarlar faoliyatini qattiq tanqid qildi.
«Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Bo‘tayev, soliq boshqarmasi boshlig‘i Bozorov, markaziy bank rahbari [viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i] Rajabov, Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Hasanov, markaziy bank rahbari Saidov [viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i] va soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Muhammadiyevlar lavozimidan ozod etilsin.
Biror yerda ishlamasin. Ular bilishi kerak shuncha oylik berib, shuncha harakat qilganimizni... siyosatga xiyonatchi bular.
Shu bilan birga, Ulug‘nor, Uzun, Yozyovon, Dehqonobod tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Andijon, Oltinko‘l, Olot, Qorako‘l, Oqoltin, Chilonzor, Mo‘ynoq tumanlari, Xiva va Chirchiq shaharlari soliq idoralari boshliqlari ham lavozimidan ozod etildi.
Ishdan olinganlar ishlagan davri uchun hamma oyligini davlatga topshirsin. Televizorda rasmini chiqarib, «xiyonatchi» deb berish kerak. Xalq bularning kimligini, siyosatga qarshi ekanligini bilishi kerak», degan prezident.
Odil Hasanov 2020 yil fevralidan buyon Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Odil Hasanov
Muqaddam Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan O‘tkir Bo‘tayev 2019 yil oktabrida Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
O‘tkir Bo‘tayev/Foto: chamber.uz
Azamat Bozorov 2019 yil oktabrida Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagandi. Ungacha Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Azamat Bozorov / Qashqadaryo viloyati hokimligi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi