2 502
Toshkent metrosida poyezd eshigi ochiq holda harakatlangani uchun uch xodim ishdan bo‘shatildi
Toshkent metropoliteni vagon eshigi yopilmagan holda harakatlangan poyezd mashinistini ishdan bo‘shatdi. Tarkibning elektr-chilangari va katta ustasi ham lavozimidan ozod etildi.
Xizmat tekshiruvi natijasida, shuningdek, elektrodepo boshlig‘ining tarkiblarni ta’mirlash bo‘yicha o‘rinbosariga maoshining 40 foizi miqdorida jarima tayinlandi.
E’tiborlisi, «Toshkent metropoliteni» UKning xizmat tekshiruvi boshlangani va uning natijasi haqidagi har ikkala xabari faqat rus tilida e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 9 aprel kuni soat chamasi 18:40da Chilonzor yo‘nalishining «Pushkin» bekatidan «Buyuk ipak yo‘li» bekatiga yo‘lga chiqqan tarkib vagonlaridan kamida bittasining eshigi ochiq qoldi.
Avvalroq metropoliten ma’muriyati holat yuzasidan izoh berib, uzr so‘ragandi.
Bu – Toshkent metrosida uch kun ichida kuzatilgan uchinchi noxush holat bo‘ldi. 7 aprelda «G‘afur G‘ulom» bekatida poyezd ishdan chiqib, yurmay qolgan, 8 aprelda esa Sergeli yo‘nalishida harakat 6 soatga avariyaviy to‘xtab qolgandi: yangi qurilgan metro yo‘lida nosozlik kelib chiqdi.
18 martda esa Sergeli yo‘nalishi boshlanish joyida ikki poyezd to‘qnashib ketgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi