17:13 / 11.04.2021
4 580

O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxining keskin oshish sababi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxining keskin oshish sababi ma’lum qilindi
O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlari keskin oshgani bilan bog‘liq vaziyatni tahlil qilish bo‘yicha olib borilgan o‘rganishlar natijasini e’lon qildi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda aholi iste’moli uchun 450 ming tonnadan ortiq o‘simlik yog‘i muomalaga chiqarilgan bo‘lib, shundan yarmidan ortiqrog‘i import qilingan. Bunda, Sanitariya qoida va me’yorlariga muvofiq, respublika bo‘yicha o‘simlik yog‘i talab yiliga 300 ming tonnadan ortiq deb baholanmoqda.

Ichki bozorlarda narxlar keskin o‘sishiga tashqi jahon bozorlarida narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi ham ta’sir etgan.

Import asosida olib kelinadigan kungaboqar yog‘i va urug‘i narxlarining oshishi mahalliy paxta yog‘i narxlariga ham bevosita o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, mahsulotga bo‘lgan talabni qondirish uchun ichki bozorda taklif yetarli darajada ekanligi ta’kidlangan.

«Ichki bozorda o‘simlik yog‘i narxlarini barqarorlashtirish maqsadida barcha mutasaddi vazirlik va idoralar birgalikda barcha zarur choralarni ko‘rmoqda», — deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda o‘simlik yog‘i narxining keskin oshish sababi ma’lum qilindi