
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati
Buxoroda tadbirkorning 23,6 million so‘m pulini o‘tkazib berish evaziga 2,3 million so‘m olgan mansabdor ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi Buxoro shahar bo‘limi boshlig‘i S.X. «A.O.» MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, shahardagi ko‘p qavatli uylarda bajarilgan ta’mirlash ishlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 23,6 million so‘mni jamiyat hisob-raqamiga o‘tkazib berish evaziga 2,3 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan.
Pullarni olayotgan vaqtida departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar