Bosh prokuratura matbuot xizmati platforma.uz telegram kanalida «Talaba nega o‘z joniga qasd qildi?» sarlavhasi ostida chiqarilgan xabar bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unda Qarshi davlat universitetining fizika-matematika fakultetida to‘lov-kontrakt asosida ikkinchi kursda tahsil olayotgan talaba o‘zini osib qo‘yganligi haqida bildirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, 2021 yil 27 fevral kuni jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Shuningdek, xabarda talaba qishki sessiya imtihonlaridan o‘tolmaganligi va uning imtihondan o‘tishi uchun o‘qituvchi katta miqdorda pora talab qilganligi ko‘rsatilgan va aynan shu holat marhumning o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘lgan degan taxmin ilgari surilgan.
Shunga ko‘ra, mazkur vajni o‘rganish maqsadida Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Natijalari haqida qo‘shimcha xabar qilinadi, deyiladi prokuratura xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi