Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga chek qo‘yish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idorasi” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan bir qator huquqbuzarlik holatlariga chek qo‘yildi.
Jumladan, post xodimlari tomonidan xorijdan ma’suliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga temir yo‘l konteynerida keltirilgan tovarlar jamiyat vakillari ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, konteynerda hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 3 mlrd. 452 mln. so‘mlik 181 ming 848 dona qo‘lqoplar, 160 ming dona zararkunandalarga qarshi vositalar, 2 ming donadan ortiq elektron tarozilar hamda 50 mingdan ortiq boshqa xo‘jalik tovarlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda esa, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda xorijdan keltirilgan yana bir yuk konteynerini ko‘zdan kechirishdi.
Natijada, konteynerlarda hujjatlarda ko‘rsatilmagan, qiymati 505 mln. so‘mlik 9 turdagi maishiy buyumlar va ehtiyot qismlar tovarlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi