16:12 / 17.04.2021
1 551

Buxoroda IIB xodimlari avtomobili bilan suvda oqib ketayotgan fuqaroni qutqardi (foto)

Buxoroda IIB xodimlari avtomobili bilan suvda oqib ketayotgan fuqaroni qutqardi (foto)

Buxoroda IIB xodimlari ehtiyotsizligi oqibatida avtomashinasi bilan ag‘darilib, suvda oqib ketayotgan nogiron haydovchini qutqardi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 16 aprel, juma kuni soat 17:00 larda Matiz rusumli davlat raqami 80 A 508 QA bo‘lgan avtomashina haydovchisi ehtiyotsizligi sabab Buxoro shahridagi «Gulchorbog‘» mahallasidan oqib o‘tuvchi kanalga mashinasi bilan ag‘darilib tushgan.

Foto: Buxoro viloyat IIB

Foto: Buxoro viloyat IIB
Xuddi shu payt Buxoro shahar 4-son IIB ma’muriy hududida xizmat olib borayotgan, Buxoro viloyat IIB, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, PPX bataloni 3-otryad haydovchi xodimi, safdor Ahmadjon Saidov voqeaga guvoh bo‘lgan. U o‘zining hamrohi bo‘lgan ushbu batalon 4-otryad xodimi, safdor Nodirbek Abdullayev bilan yordamga oshiqqan va o‘zini suvga tashlagan. Suvda oqayotgan haydovchining hayotini qutqarib qolib, avtomashinani suvdan chiqarish choralarini ko‘rgan.

Foto: Buxoro viloyat IIB
Hayoti qutqarib qolingan haydovchining shaxsiga oydinlik kiritilganda, u 1983 yilda tug‘ilgan, Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi, ikkinchi guruh nogironi Komil Rahmatov ekani ma’lum bo‘lgan.

Foto: Buxoro viloyat IIB

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda IIB xodimlari avtomobili bilan suvda oqib ketayotgan fuqaroni qutqardi (foto)