16:43 / 17.04.2021
2 514

«Kerak bo‘lsa, bir-ikkitasi ishdan ketadi» - Abdulla Aripov


O‘zbekistonda karantin talablarining rioya qilinishini ta’minlamagan davlat idoralari rahbarlari ishdan olinadi. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo».

Bosh vazir joylarda karantin qoidalariga rioya qilmayotganini keskin tanqid qilgan.
«Prezident topshirig‘i bilan ‘mahallabay’ ishlarni amalga oshirayotgan ishlarning monitoring bo‘yicha hududlarga chiqqanimizda birorta odamning tibbiy niqob taqib yurganini ko‘rmaymiz. Shunchalik ham befarqlik bo‘ladimi? Ko‘plab davlat idoralaridagi xodimlar yana kasallanyapti.

Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya hamda Sanitariya epidemiologiya xizmati tomonidan aholi o‘rtasida karantin cheklovlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratning yetarli darajada olib borilmayotganligi ham kasallanish holatining ortishiga olib bormoqda.

To‘ylarga 200-300 talab odam aytilyapti. Davlat boshqaruv idoralarida rahbar lavozimlarida ishlaydiganlar ham xuddi shu ishni qilyapti. Bizda bu borada ma’lumotlar ham yo‘q emas. Kerak bo‘lsa, lavozimidan ketadi. Bir-ikkita rahbar karantin talabini bajarmagani uchun ham ketadi. Bir necha bor ta’kidlanganiga qaramay, davlat idoralaridagi yopiq zallarda 2-3 soatlab majlislar o‘tkazilyapti
», — deydi Abdulla Aripov.

Shuningdek, bosh vazir Prezident yig‘ilishlar 45 daqiqadan oshishi kerak emasligini eslatib, davlat idoralari rahbarlariga majlislarni «tez-tez o‘tkazib, ishini qilishni» aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Kerak bo‘lsa, bir-ikkitasi ishdan ketadi» - Abdulla Aripov