19:47 / 17.04.2021
2 178

Qo‘shtepada otadan farzandiga 10 yillik aliment qarzi uchun 120 mln. so‘m undirildi


Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining 27.01.2011 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor O.Xoliqovdan undiruvchi M.Xoliqova foydasiga 3 nafar farzandlari uchun aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor 2011 yil yanvar oyidan 2021 yil yanvar oyiga qadar 10 yil davomida 119 110,8 ming so‘m aliment pulini to‘lamasdan kelgan.

Shunga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shtepa tuman sudining 03.02.2021 yildagi qaroriga asosan O.Xoliqovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi 1-qismiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Davlat ijrochisi tomonidan qo‘shimcha tushuntirish harakatlari natijasida qarzdor O.Xoliqov 3 nafar farzandlarining 10 yillik to‘lanmasdan qolgan alimenti uchun 120 mln. so‘m to‘lab berishini aytib, 07.04.2021 yilda Byuroning Qo‘shtepa tuman bo‘limida M.Xoliqovaning bank omonat hiosb raqamiga ushbu mablag‘ o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilgan.

Aslida, undiruvchi M.Xoliqovaning 3 nafar farzandlari voyaga yetgan bo‘lib, 10 yillik 120 mln. so‘m aliment pulini ularning kelajagi uchun sarflanishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘shtepada otadan farzandiga 10 yillik aliment qarzi uchun 120 mln. so‘m undirildi