Oila yarashdi: Uch nafar farzand ota-onasi bilan ulg‘ayadi

Oila yarashdi: Uch nafar farzand ota-onasi bilan ulg‘ayadi

Majburiy ijro byurosining G‘allaorol tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan samarali tushuntirish va yarashtirish ishlari natijasida yana bir oilaning ajralib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochilari, mahalla faollari hamda mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan suhbatlar natijasida er-xotin o‘zaro kelishuvga erishdi va oila yarashtirildi.

Eng muhimi, mazkur yarashuv tufayli uch nafar farzand ota-ona mehri va bag‘rida, o‘z oilasi bilan birga yashash baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu esa har qanday ijro harakatidan ham qimmatli natija bo‘lib, farzandlar manfaatini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamga aylandi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan bunday xayrli ishlar davom ettirilib, oilalarni asrab qolish va farzandlar manfaatini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar