Toshkent shahrida chang-to‘zonli shamol kuzatilishi kutilmoqda

Toshkent shahrida chang-to‘zonli shamol kuzatilishi kutilmoqda. Mutaxassislar shamol kuchayishi natijasida havodagi chang miqdori ortishi va ayrim joylarda ko‘rish masofasi qisqarishi mumkinligini ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan fuqarolarga ochiq havoda uzoq vaqt qolmaslik, imkoni boricha xonadon va binolarning deraza hamda eshiklarini yopiq saqlash tavsiya etilmoqda.
Nafas yo‘llari kasalliklari yoki allergiyasi bor insonlar zarurat tug‘ilganda himoya niqobidan foydalanishi kerak.
Haydovchilarga esa shamolli va changli ob-havo sharoitida ehtiyotkor harakatlanish, tezlikni me’yorida saqlash hamda yo‘ldagi ko‘rish masofasini hisobga olish tavsiya qilindi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…