20:12 / 18.04.2021
2 317

Yuk mashinalariga yashirilgan mineral o‘g‘itlar fosh bo‘ldi


Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda mineral o‘g‘itlarini noqonuniy harakatini aniqlash va unga chek qo‘yish yuzasidan tezkor tadbirlar muntazam o‘tkazilmoqda.
 
Xususan, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan olingan ma’lumotga asosan, viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, tuman hududida harakatlanib kelayotgan fuqaro A.A boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan va chet davlatda ishlab chiqarilgan 480 dona polimer qoplarga qo‘lbola usulda qadoqlangan 24 tonna mineral o‘g‘itlar borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, ushbu tuman hududida harakatlanib kelayotgan M.M boshqaruvidagi “Mercedes Benz” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida 450 dona polimer qoplarga qo‘lbola usulda qadoqlangan, og‘irligi 22,5 tonna mineral o‘g‘itlar noqonuniy tarzda olib ketilayotganligi aniqlandi. Hozirda mazkur huquqbuzarlik holatlari yuzasidan bojxona surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuk mashinalariga yashirilgan mineral o‘g‘itlar fosh bo‘ldi