10:40 / 19.04.2021
1 846

“Mersedes Bens”dagi spirtni yashirin aylanmasi fosh bo‘ldi


Bojxona nazoratini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida spirt mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro Q.A boshqaruvidagi “Mersedes Bens” rusumli avtomashina tadbir ishtirokchilari va xolislar tomonidan ko‘zdan kechirildi.

Ko‘zdan kechirish davomida, avtomashinada fuqaro T.B ga tegishli bo‘lgan ko‘k rangli yelim idishlarda, sifatini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 46,2 million so‘mlik jami 1540 litr spirt borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Mersedes Bens”dagi spirtni yashirin aylanmasi fosh bo‘ldi