12:00 / 20.04.2021
2 715

«Har bir tumanning rahbarlari 35-40 foiz oyligini davlatga to‘lashni o‘ylashi kerak» — Shavkat Mirziyoyev


Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida rahbarlarni ishsiz va xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolar masalasi bilan ishlamayotganini tanqid qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmatining «Maxsus rakurs» dasturida so‘z boradi.

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, Samarqand viloyatida 174 ming odam ishsiz, 223 ming nafar fuqaro esa chet elda.
«Har bir viloyat 4 ta rahbari vijdoni bo‘lsa, viloyat hokimiga kelib aytishi kerak, ‘Men 35-40 foiz oyligimni davlatga to‘layman’, deb. Nimaga desangiz har bir mahalla, tumanda 15, 20, 30 foiz fuqaro chet elda yuribdi. Ular uchun oylik olyapsizlar-ku. Nimaga ularni bir oyda bo‘lmasa ham, ikki oyda bir eslamaysizlar? Qayerda yuribdi u bechora, qanday sarson-sargardon yuribdi? Uni muammosi qanday? Juda bo‘lmasa bitta telefon qilib ‘qarindoshing, bolalaring tinchmi?’, deb so‘ramaysizlar, oyliklaringni topshirmagan bo‘lsalaring ham», — deydi davlat rahbari.

Shuningdek, Prezident yarim million aholi ishsiz yurgani uchun bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovga tanbeh bergan: «Bu seni ishingku. Qanday uxlaysan? Men bugun uxlaganim yo‘q. Savol berib chiqdim o‘zimga».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Har bir tumanning rahbarlari 35-40 foiz oyligini davlatga to‘lashni o‘ylashi kerak» — Shavkat Mirziyoyev