1 737
Buxoroda tadbirkorning o‘zi va oilasiga qurolli bosqinchilik uyushtirmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Buxoroda IIO tomonidan tadbirkor va uning oilasiga tajovuz qilmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Foto: Buxoro IIB
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, DXX viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida, olingan tezkor ma’lumotlar asosida keng qamrovli tadbir o‘tkazilgan.
Natijada buxorolik tadbirkor va uning oila a’zolariga nisbatan qurol qo‘llab, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan uning katta miqdordagi pul mablag‘lari va tilla buyumlarini bosqinchilik yo‘li bilan egallashni reja qilgan jinoiy guruh a’zolari ushbu mudhish jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik bosqichida qo‘lga olinib, o‘ta og‘ir turdagi bosqinchilik jinoyati sodir etilishining oldi olindi.
Jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan vaqtda bir dona PM jangovar quroli hamda uning 6 dona jangovar o‘qi va bir dona sovuq qurol hisoblangan o‘tkir tig‘li pichoq ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bosqinchilik) va 248-moddasi 3-qismi (qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilar O‘zbekiston Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Global Janub kimniki?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi