Qashqadaryoda metan zapravkada turgan Nexia’ning gaz balloni portlashi oqibati bir kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda metan zapravkada turgan Nexia’ning gaz balloni portlashi oqibati bir kishi halok bo‘ldi
Foto: «Xabar.uz»
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida Nexia-1’ga o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

22 aprel kuni soat 07:07 da sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Shoxobchaning bir nafar ishchisiga jarohat yetgan bo‘lib, u Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

Viloyat IIB, FVB, sog‘liqni saqlash boshqarmasi va prokuraturasi holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar