17:53 / 22.04.2021
1 869

Qog‘oz konvertdagi giyohvandlik vositasi


Bojxona xodimlari, giyohvandlik vositalarini pochta jo‘natmalari orqali respublikamiz hududiga olib kirishga urinish holatlariga o‘z vaqtida chek qo‘yishmoqda.
 
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari va “Bosh-pochtamt” TIF bojxona posti xodimlari hamkorlikda xorijdan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro V.D. nomiga kelgan qog‘oz konvertdan iborat pochta jo‘natmasi shubha ostiga olindi.

Mazkur jo‘natma belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida,bir dona paketga solingan 15 dona tabletkalar borligi aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur tabletkalarning tarkibida 2,85 gramm “metilfenidat” nomli giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Hozirda  mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qog‘oz konvertdagi giyohvandlik vositasi