Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor chog‘ida Samarqand va Andijon misolida korrupsiyaga qarshi kurashish sustligi uchun mutasaddilarni qattiq tanqid qildi.
«Ko‘p joylarda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, yo‘l, suv, qurilish, tibbiyot, maktabgacha ta’lim sohasida tushunmagan rahbarlar juda katta korrupsiyaga berilib ketgan. Peshona terimiz bilan mana shunday og‘ir, shiddatli zamonda, tahlikali zamonda, koronavirus pandemiyasi paytida iqtisodiyotimizni barqaror qilish, bir so‘m pulni topib xalqimizga yetkazish bo‘yicha juda katta harakatlar qilyapmiz.
Endi qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi. Xalqimizning oldida uzr so‘rab, oxirgi marta sizlarni ogohlantirmoqchiman.
Quyi bo‘g‘inlarda qancha korrupsiya holatlari bor. Mana Samarqand viloyati hokimi gapirib bersin... Maktabgacha ta’limda, tibbiyotda qancha poraxo‘rlar borligini.
Mana, Andijonda viloyat hokimligining bitta noinsofi 128 ming dollar olgan, 30 ming olgan. Nima, Abdurahmonov, xizmatning rahbari bilmaydimi? Prokuror bilmaydimi? Abdurahmonov atrofida kim yurganligini sezmaydimi?
Bitta odamni norozi qilib, 5 dollar olgan bo‘lsa ham, prezident siyosatiga xiyonat deyiladi», degan davlat rahbari.
Bundan avvalroq Andijon viloyati hokimligi huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi xodimi 2 nafar sherigi bilan o‘zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroga fermer xo‘jaligi tashkil qilishi uchun Xo‘jaobod tumani hokimiyatidagi mansabdor tanishlari orqali 100 gektar yer ajratib, tegishli hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga undan 128 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi