Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
Poytaxtda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli yigit "Nexia" boshqarib yuk avtomobiliga urildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 22 aprel kuni soat 21:00larda, Toshkent shahar, Sergeli tumani, THAY ko‘chasida 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro S.A. (haydovchilik guvohnomasi olmagan) "Nexia" rusumli avtomobilni boshqarayotib, o‘zidan oldinda yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvida bo‘lgan "DAF" rusumli yuk avtomobili orqa tomoniga urilgan.
Natijada, "Nexia" rusumli avtomobil haydovchisi S.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi A.R. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YTH TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishni, ota-onalardan haydovchilik guvohnomasi olmagan farzandlariga avtotransport vositasini boshqarishiga ruxsat bermaslikni so‘raymiz”, deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar