20:10 / 24.04.2021
2 416

“Damas”dagi nayrang fosh bo‘ldi


Bojxona organlari tomonidan yurtimizga tibbiyot buyumlari hamda sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Chortoq  tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Chortoq tumani hududida fuqaro M.X. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 212 million so‘mlik
38 turdagi 84 662 dona sifati kafolatlanmagan tibbiyot dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Damas”dagi nayrang fosh bo‘ldi