13:50 / 25.04.2021
2 420

Jizzaxda ovlash taqiqlangan baliqlarni ovlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati
Jizzax viloyati Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida noqonuniy ravishda baliq ovlagan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Departamentning Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Jizzax viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro X.N. ovlash taqiqlangan mayda hajmli 2637 bosh qizil qanot, 40 bosh oqsla, 5 bosh tovonbaliq va 1 bosh zog‘ora balig‘ini ov hududida qonunga zid ravishda ovlab, Nexia rusumli avtomashinasida olib ketayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu harakati bilan X.N. hayvonot dunyosiga 76,2 million so‘m zarar yetkazganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda ovlash taqiqlangan baliqlarni ovlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi