2 423
Jizzaxda ovlash taqiqlangan baliqlarni ovlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati
Jizzax viloyati Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida noqonuniy ravishda baliq ovlagan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Departamentning Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Jizzax viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro X.N. ovlash taqiqlangan mayda hajmli 2637 bosh qizil qanot, 40 bosh oqsla, 5 bosh tovonbaliq va 1 bosh zog‘ora balig‘ini ov hududida qonunga zid ravishda ovlab, Nexia rusumli avtomashinasida olib ketayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu harakati bilan X.N. hayvonot dunyosiga 76,2 million so‘m zarar yetkazganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi