12:30 / 28.04.2021
2 647

Prezident Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi qonunni imzoladi


«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–687-son, 27.04.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud doimiy faoliyat yurituvchi sud hokimiyati organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.

Konstitutsiyaviy sud konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari muayyan ishda qo‘llanilgan va Konstitutsiyaga muvofiq bo‘lmagan qonunda buzilgan deb hisoblovchi fuqarolar hamda yuridik shaxslarning shikoyatlarini ham ko‘rib chiqishi belgilandi.

Konstitutsiyaviy sud rais va uning o‘rinbosarini qo‘shgan holda 9 nafar sudyadan iborat bo‘ladi (Ilgari 7 nafar edi).

Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar qatoriga quyidagilar kiritildi:
● Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) o‘rinbosari – Bola huquqlari bo‘yicha vakil;
● Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy markazi;
● Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil.

Fuqarolar va yuridik shaxslar qonun ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini buzmoqda deb hisoblasa hamda sudda ko‘rilishi tugallangan muayyan ishda qo‘llanilgan bo‘lsa va sudda himoya qilishning barcha boshqa vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish to‘g‘risidagi shikoyat bilan Konstitutsiyaviy sudga murojaat etishga haqli.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi qonunni imzoladi