00:22 / 29.04.2021
3 065

Mahalliy aviareyslar chiptalari 20-30 foizga arzonlashadi


Bugun, 28 aprel kuni Turizm va sport vazirligida «Ziyorat turizmini rivojlantirishning dolzarb masalalari» mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda, jumladan, transport vaziri o‘rinbosari Abdusamad Mo‘minov so‘z oldi.

«Hozir O‘zbekistonda 17 ta mahalliy parvozlar amalga oshirilyapti. Kelayotgan 1 oy ichida ularni 67 taga chiqarish rejalashtirilgan. Bu nafaqat ziyorat turizmi, balki ichki turizm rivojlanishiga ham turtki berishiga umid qilamiz. Narxlar ham o‘rtacha 25-30 foizga tushishi hisoblangan, xudo xohlasa chiptalar yangi narxlarda sotila boshlaydi.

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik va chegirmalar taqdim etish maqsadida «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan aviachiptalarni Click orqali xarid qilganda 2 foizgacha keshbek qabul qilish mumkin. Undan tashqari, aviakompaniya rasmiy veb-sayti orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilingan aviachiptalarga 3 foiz chegirma beriladi. Joylarni onlayn tanlash tizimi ham joriy etilgan
», – dedi Abdusamad Mo‘minov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, joriy yil 1 apreldan xalqaro aeroportlarda xorijiy aviakompaniyalar samolyotlariga ko‘rsatadigan xizmatlarning asosiy turlari bo‘yicha tariflar 27 foizga tushirildi. Xorijiy aviakompaniyalarga qo‘shimcha chegirmalar taqdim etilmoqda.

«Toshkent-Samarqand, Toshkent-Buxoro, Toshkent-Shahrisabz yo‘nalishlariga «Afrosiyob» tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yilgan. Bu yil avgust oyida yana 2 ta Talgo poyezdi qatnovga qo‘yiladi, qo‘shimcha ravishda 4 ta ekonom variantdagi vagonlar keltiriladi», – dedi Mo‘minov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahalliy aviareyslar chiptalari 20-30 foizga arzonlashadi