20:44 / 02.05.2021
2 887

Radar o‘rnatilgan «Neksiya-3» avtomashinasiga "Damas" kelib urildi (foto)


Joriy yilning 2 may kuni soat 13:15larda Toshkent viloyati Chinoz tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 862-kilometrida 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi R.A. «Damas» rusumli avtomobilni boshqarayotib, yo‘lning o‘ng tomonida, yo‘l yoqasida to‘xtab turgan, Toshkent viloyati Qibray tumani IIB YHXB YPX inspektori N.Yuldashevga biriktirilgan «Neksiya-3» rusumli, tezlikni o‘lchovchi moslamalar bilan jihozlangan avtomobilning orqa tomoniga borib urilib, YTH sodir etgan.  

Natijada «Damas» rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Barcha haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lib, belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Radar o‘rnatilgan «Neksiya-3» avtomashinasiga "Damas" kelib urildi (foto)