
Prezidentimizning «Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotasi ikki baravarga oshiriladi.
Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi klinik ordinaturada o‘qitishning yangi tizimi joriy etilishi belgilandi:
klinik ordinatura o‘quv davrining ikkinchi yili:
- hududlardagi ixtisoslashgan tibbiyot markazlari filiallari,
- viloyat bolalar va kattalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari,
- Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi filiallarida o‘tkaziladi, shuningdek, ma’lum bir qismi ish joyida davom ettiriladi.
- hudud uchun zarur bo‘lgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash maqsadida mahalliy budjetdan yetarli miqdorda grant ajratiladi;
- mazkur grant asosida ta’lim olgan bitiruvchilarga tegishli hududga borib, uch yil ishlab berish majburiyati yuklatiladi;
- hududga faoliyat yuritish uchun yuborilgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarning yashash xarajatlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar