Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar Iqtisodiy sudining 12.03.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “JALIL-SERVIZ” korxonasidan undiruvchi “STORY-SITY” MCHJ foydasiga jami 33.917.840 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga 04.04.2021 yil kuni kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi B.Sadullayev tomonidan Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan. Qarzdor korxonaga MIB tuman bo‘limi tomonidan qonun talablari asosida ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, qarzdorlikni to‘lamagan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida Qonunning 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan javob xatlariga ko‘ra, qarzdorga mulkiy xuquq asosida tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari aniqlangan va qarzdorlikni qoplash maqsadida bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan xatlanib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan realizatsiya qilingan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “JALIL-SERVIZ” MCHJdan ijro varaqada ko‘rsatilgan jami 33.917.840 so‘m qarzdorligi undiruvchi “STORY-SITY” MCHJ foydasiga to‘liq undirildi va ijro ishi yakunlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi