18:28 / 08.05.2021
1 251

MIB: Ota voyaga yetgunda qadar oldindan 2000 AQSH dollari miqdorida to‘lab berdi

MIB: Ota voyaga yetgunda qadar oldindan 2000 AQSH dollari miqdorida to‘lab berdi

Ma’lumki, amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetguniga qadar har qanday davr uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi. Aynan bu borada Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi tomonidan ham tizimli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga olingan hujjatda fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2007  yildagi buyrug‘iga asosan qarzdor O‘tkir Yulchiyev (ismi familiyasi o‘zgartirilgan)dan undiruvchi Sohiba Yulchiyeva (ismi familiyasi o‘zgartirilgan) foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati bo‘limga kelib tushgan va qaror qabul qilinib taraflarga yuborilgan. Ota farzandi moddiy ta’minotini har oyda o‘z vaqtida berib kelayotgan edi. O‘z o‘rnida fuqaro O‘tkir Yulchiyevga amaldagi tartibga ko‘ra bir farzandi uchun moddiy ta’minotni to voyaga yetgunga qadar to‘lashliligi mumkinligi tushuntirib o‘tildi.

Shundan so‘ng u bo‘limga ariza bilan murojaat etdi va qanoatlantirildi. Hisoblangan aliment summasi uchun 2000 AQSH dollari to‘lab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » MIB: Ota voyaga yetgunda qadar oldindan 2000 AQSH dollari miqdorida to‘lab berdi