Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi «Mingchinor» YPX postida to‘xtatilgan yuk mashinasi ichida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan mol go‘shti borligi aniqlandi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qashqadaryo viloyat IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari hududiy hokimliklar, veterinariya xizmati va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda viloyat bozorlarida sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari sotilishini nazorat qilish borasida bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Xususan, 7 may kun «Mingchinor» muntazam YPX maskanida Kitob tumanida yashovchi fuqaro Sh.B. boshqaruvida bo‘lgan Kia Bongo rusumli yuk avtomobilida 600 kilogramm mol go‘shti borligi aniqlangan. Ushbu go‘sht mahsulotlari veterinariya ma’lumotnomalarisiz olib ketilayotgani aniqlanib, tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, Qashqadaryodan respublikaning iste’mol bozorlariga sifatsiz va iste’molga yaroqsiz bo‘lgan go‘sht va sut mahsulotlari olib borib sotilishining oldini olish maqsadida 3 ta viloyatlararo chegarada joylashgan YPX maskanlarida mutasaddi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda maxsus tadbirlar o‘tkazilmoqda. Veterinariya, sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar va reydlarda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hamda yaroqsiz mahsulot sotgan 74 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda