Bojxona organlari tomonidan giyohvand vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash jadal tusda davom ettirilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi DXX boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda To‘rtko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, uning boshqaruvida bo‘lgan fuqaro Ch.A. belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, fuqaro ustidagi qora rangli sport kiyimining o‘ng cho‘ntagida jami 3 dona polietilen o‘ramda qora rangli, o‘tkir hidli “opiy” giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda borligi aniqlandi.
Shuningdek, ushbu avtotransport vositasi yukxonasidagi ehtiyot qismlar sumkasi ichiga yashirilgan 1 dona elektron tarozi va 1 litr sig‘imli gaz balon ham ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalar sof og‘irligi 99,42 grammni tashkil etuvchi opiy giyohvandlik vositasi ekanligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi