10:43 / 11.05.2021
1 142

Tibbiy dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


2021 yil 24 aprel kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Sayxunobod tumani hududida tibbiy dori vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tezkor tadbir davomida, oldindan tezkor kuzatuvga olingan, A-373 yo‘lining Namangan-Qarshi yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi T.O. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasi Toshkent viloyatidan Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hududiga kirishda joylashgan “Sayxun” IIB YPX maskanida viloyat IIB YPX xodimlari ishtirokida to‘xtatilib, ushbu avtotransport vositasi yukxonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan, shuningdek, tibbiy dori vositalarini tashish talablariga rioya qilinmagan holda har hil hajmdagi 58 ta qog‘oz korobkalarga joylashtirilgan, 83 turdan iborat, jami 5722 qutilarda taxminiy qiymati 341 750 000 so‘mlik tibbiy dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tibbiy dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi