16 dekabr kuni Chilonzor tumani «Toshkent savdo markazi» kompleksi hududida N.M. ismli fuqaro o‘z akasi O.M.ni pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazgani va O.M. olgan tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
«Gazeta.uz»ning yozishicha, 10 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining ochiq sud majlisida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sud hukmi e’lon qilingan.
Unga ko‘ra, jabrlanuvchining qonuniy vakili — marhumning rafiqasi qaynukasi oilani yagona boquvchisi ekani, unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi sababli ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘ragan. Aka-ukaning onasi ham xuddi shunday fikrda ekanini ma’lum qilgan.
Sudlanuvchi N.M.ga Jinoyat kodeksining 104-modda (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi