12:25 / 11.05.2021
2 161

«Abu Saxiyda»da o‘z akasini pichoqlab qo‘ygan fuqaro 5 yilga qamaldi


16 dekabr kuni Chilonzor tumani «Toshkent savdo markazi» kompleksi hududida N.M. ismli fuqaro o‘z akasi O.M.ni pichoq bilan urib, tan jarohati yetkazgani va O.M. olgan tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

«Gazeta.uz»ning yozishicha, 10 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining ochiq sud majlisida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sud hukmi e’lon qilingan.

Unga ko‘ra, jabrlanuvchining qonuniy vakili — marhumning rafiqasi qaynukasi oilani yagona boquvchisi ekani, unga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligi sababli ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘ragan. Aka-ukaning onasi ham xuddi shunday fikrda ekanini ma’lum qilgan.

Sudlanuvchi N.M.ga Jinoyat kodeksining 104-modda (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi «d» bandi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Abu Saxiyda»da o‘z akasini pichoqlab qo‘ygan fuqaro 5 yilga qamaldi