16:10 / 11.05.2021
6 413

Madhiya vaqtida "qovun tushirgan" o‘zbekistonlik amaldorlar videosi Xitoyda 5 mln martadan ortiq ko‘rildi


Sirdaryo viloyatida 9 may kungi bayram tadbiri davomida davlat madhiyasi ijrosi vaqtida huquq-tartibot idoralarining rahbar xodimlari qo‘lini qayerga qo‘yishi bilmay, noqulay ahvolda qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mazkur rolik Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida ham tarqalgan bo‘lib, hozirga qadar u 5,57 million martadan ortiq tomosha qilingan.

Skrinshot: Weibo
Repost’ning yozishicha, yana bir Xitoy platformasida o‘zbekistonlik huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirokidagi video 5,75 million martadan ortiq ko‘rilgan.

Skrinshot: Weibo
Eslatib o‘tamiz, 9 may kungi tadbirda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev bayram nutqi bilan chiqish qilgan. Uning chiqishidan so‘ng O‘zbekiston davlat madhiyasi ijro etilgan. Madhiya ijrosi vaqtida hokimning ortida turgan huquq-tartibot idoralarining rahbar xodimlari qo‘lini qayerga qo‘yishi bilmay, noqulay ahvolda qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tadbir dastlab viloyat hokimligining Facebook’dagi sahifasi orqali jonli efirda ko‘rsatilgan, huquq-tartibot idoralarining rahbar xodimlari bilan bog‘liq vaziyat videoparchasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgach, video o‘chirilgan.

Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasiga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko‘pchilik huzurida ijro etilganda... harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo‘lini bosh kiyimiga qo‘yib tinglaydi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Madhiya vaqtida "qovun tushirgan" o‘zbekistonlik amaldorlar videosi Xitoyda 5 mln martadan ortiq ko‘rildi