19:56 / 12.05.2021
2 280

Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi


Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan poytaxtda vaqtincha, 12 may soat 24:00 dan 13 may 7:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi:

Olmazor tumani:
1) «Imom Buxoriy» masjidi oldidagi Chimboy ko‘chasi – Farobiy – Chimboy ko‘chalari chorrahasidan Chimboy – KXAY chorrahasigacha.
2) «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha
Shayxontoxur tumani:
«Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Uyg‘ur ko‘chasi – Nurafshon – Uyg‘ur ko‘chalari chorrahasidan Uyg‘ur – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:
1) «Ubay ibn Ka’b» Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha.
2) «Katta Qozirabod» masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha.
3) «Shayx» masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.
Uchtepa tumani:
1) «Abdullox ibn ma’sud» masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qani ko‘chalari chorrahasigacha.
2) «Hazrati umar» masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi – Nazarbek – Yu.Sakkokiy ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek –Uyg‘ur chorraxasigacha.

Yunusobod tumani:
1) «Minor» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
2) «Mirzo Yusup» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – A.Temur – Bog‘ishamol ko‘chasidan Bog‘ishamol – Bodomzor chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
«Usmon bin Mag‘zun» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Cho‘lponota chorrahasigacha.

Yashnobod tumani:
«Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:
«Qo‘liq ota» masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis chorrahasigacha.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtinchalik yopiladi