1 881
Surxondaryoda 500 gramm giyohvand moddani organizmida olib kirishga uringan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Surxondaryo viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari «Ayritom» chegara-bojxona postida giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda olib kirish uchun o‘z hayotini xavfga qo‘ygan shaxsni to‘xtatib qoldi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Qayd etilishicha, postga piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi M.A. inson tana a’zolarini skanerlash qurilmasi ko‘magida ko‘zdan kechirilganida, uning organizmida yot jismlar — kapsulalar mavjudligi aniqlandi.
Shundan so‘ng Termiz shahridagi tibbiy muassasalardan birida shifokorlar ko‘magida ushbu shaxsning ichidan 47 dona skotchlangan o‘ram chiqarib olindi.
Mazkur o‘ramlar belgilangan tartibda ochib ko‘rilganida esa ularning ichiga 423,42 gramm og‘irlikdagi opiy hamda 17 dona oq rangli tabletka joylangani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi