08:30 / 14.05.2021
1 953

Marg‘ilonda 32 yashar ayol tomorqasida ko‘knori yetishtirayotgani aniqlandi


Foto: IIV
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko‘knori o‘simligi yetishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni «Qoradori-2021» tadbiri birinchi bosqichi davomida Marg‘ilon shahar DXX xodimlari, Qo‘shtepa tumani IIB TQKG, Jinoyat qidiruv bo‘limi hamda XPB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘shtepa tumani «Yo‘ldoshobod» mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro U.M. ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda yashash xonadoni tomorqasidagi piyoz ko‘chatlari orasida jami 50 tup ko‘knori o‘simligiga o‘xshash o‘simliklarni parvarishlab kelayotganligi aniqlandi. Ushbu o‘simlik barglari va boshog‘idan tekshirib ko‘rish uchun namunalar olinib, qolgan qismi yo‘q qilindi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro U.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Olingan tezkor ma’lumotga asosan, Marg‘ilon shahar IIB JQB va XPB xodimlari tomonidan 2021 yilning 7 may kuni Marg‘ilon shahar hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Marg‘ilon shahar «Ahmad Yassaviy» mahallasida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro K.I.ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda yashash uyi sahnasida bo‘lgan uzumlar tagida 30 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligi parvarishlab kelinayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shu kuni Rishton tumani «Qayrag‘och» mahallasida yashovchi, 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro B.U.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda tomorqasidagi issiqxonada jami 77 tup ko‘knori giyohvand o‘simligi parvarishlab yetishtirayotgani hamda ushbu xonadonning yer to‘lasi ko‘zdan kechirilganda 1 dona sellofan paketda quruq holdagi ko‘knori o‘simligining barglariga o‘xshash giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlangan.

O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, B.U.ning uyidan olingan ko‘knori xashagi 37,55 grammga tengligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 2-qismi «a» bandi (ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Marg‘ilonda 32 yashar ayol tomorqasida ko‘knori yetishtirayotgani aniqlandi