Foto: Videolavhadan skrinshot
Ayol taqdirining qiymatini jamiyat o‘lchab kelgan. Shunga qarab, biz tubanlik sari qulayotgandaymiz. Bugun birdaniga ikkita xabarga ko‘zim tushdi. Samarqand viloyatida o‘quvchi qiz o‘ldirilgan. Qarindoshlari uni guruh bo‘lib zo‘rlashganini gumon qilmoqda. Prokuratura uning o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Andijonda esa besh nafar mast erkak shu mahallada yashaydigan yoshgina kelinchakni dalada ushlab olib, bir necha soat davomida urib, zo‘rlashgan.
Oradan uch kun o‘tsa hamki, hammayoq suv quyganday jim-jit, tinch-osuda. Jabrlanganlarning qarindoshlari tergov o‘tkazilishiga erisha olishmagan edi.
Ikki yil avval Qarshida maktabdan ikkinchi sinf qizni o‘g‘irlab ketib, zo‘rlab, ariqqa tashlab ketganligi haqida esladim. O‘shanda qizning otasi prokuraturaning jinoiy ish ochishiga erisha olmagandi. Qon yig‘layotgan otaning murojaatini feysbukda e’lon qilgan deputatni esa partiyadan chiqarib yuborish bilan qo‘rqitib, postni o‘chirib tashlashga majbur qilishgandi.
Bir xil manzara. Guruh bo‘lib zo‘rlash jinoyati, jabrlanuvchilarning umidsizlikka tushgan qarindoshlari va harakatsiz organlar.
Bu orada zo‘rlash bilan bog‘liq yana qancha xabar tarqaldi. Yil boshida bir qiz endi jim turib bo‘lmasligini tushunib, otasi tomonidan zo‘rlab kelingani haqida ommaga ochiqchasiga gapirdi.
Bunday gaplar deyarli oddiy va beparvo qabul qilinadigan bo‘lib qoldi. Hatto hech qanaqa rezonans yo‘q!
Xabarlariga qaraganda ular qanaqadir axmoqona reydlar, niqoblar, tiktokchilar, sumalak pishirgan tungi klubning yengiltak ayollarini ushlash bilan band, ovora. Lekin organ xodimlari chindan ham kerak joyda, ular yo‘q.
Men Samarqand va Andijondagi holatlarning jiddiy va sinchkovlik tekshirilishini va har bir aybdor uchun og‘ir jazo tayinlanishini talab qilaman!
Sizchi? Bo‘lishing.
Aziza Umarova
Manba: t.me
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi