2 365
Shavkat Mirziyoyev tibbiyot tizimida 5 ta yo‘nalishda jiddiy o‘zgarishlar qilinishini aytdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning Sog‘liqni saqlash vazirligi, uning viloyat, tuman va shahar quyi bo‘g‘inlari hamda mahalliy ijro idoralari tomonidan qay darajada amalga oshirilayotganiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, tibbiyot tizimida 5 ta yo‘nalishda jiddiy o‘zgarishlar qilinadi.
«Birinchisi – birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini kasallikni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish.
Ikkinchisi – ixtisoslashgan markazlar tomonidan joylarda tor doiradagi tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash.
Uchinchisi – raqamlashtirish orqali sohada qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
To‘rtinchisi – tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida raqobatning rivojlanishi va xususiy sektor jadal kirib borishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Beshinchisi – tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish.
Bu ishlarni vazir, vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar tibbiyot rahbarlarining hammasi ham aniq tushunib, ishlayaptimi, degan savolga, afsuski, hozircha javob yo‘q», – dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi