23:53 / 18.05.2021
1 658

«Tibbiyot darsliklarining aksariyati xalqaro standartlarga javob bermaydi» — prezident


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18 may kuni sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Rasmiy relizga ko‘ra, yig‘ilishda tibbiy ta’lim va ilm-fan masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Ta’kidlanishicha, tibbiyot sohasidagi hozirgi ta’lim uslublari bundan 30-40 yillar avval tasdiqlangan, darsliklarning aksariyati xalqaro standartlarga javob bermaydi. Oliy o‘quv yurtlari va ixtisoslashgan markazlarda ilmiy salohiyatga qiziqish, rag‘bat kam.

Shu bois, tibbiyot oliy ta’lim muassasalarini transformatsiya qilish, ilg‘or xorijiy tajriba asosida, menejerlar hamda yuqori texnologik uskunalar bilan ishlaydigan mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi yo‘nalishlar ochish zarurligi ta’kidlandi.

Ordinatura va magistraturada o‘qiyotgan iqtidorli yoshlarni xorijda malaka oshirishga yuborish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
«Sog‘liqni saqlash tizimiga har yili bir necha trillionlab mablag‘ ajratiladi, xalqaro kreditlar jalb qilinadi. Ushbu ajratilayotgan mablag‘lar samarasini xalqimiz sezishi kerak», – dedi prezident.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti eshitildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Tibbiyot darsliklarining aksariyati xalqaro standartlarga javob bermaydi» — prezident