23:13 / 19.05.2021
1 584

MIB Farg‘onada joriy yilda qariyb 2 trln. so‘mlik ijro ishlarini tamomladi


Joriy yilning 19 may kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari, shu jumladan mustaqil blogerlar bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi AOKA viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari, Byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘i T.A.Abdullayev va boshqa mas’ul xodimlar hamda viloyat teleradiokompaniyasi xodimlari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida boshqarma boshlig‘i T.Abdullayev so‘zga chiqib, Byuro organlari davlat organlarining ochiqlik siyosatiga doim amal qilib kelishi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar bilan muntazam hamkorlikda ishlanayotganligini ta’kidlab, joriy yilning 4 oyi davomida amalga oshirilgan ishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Chunonchi, joriy yilning 1 may holatiga Byuroning Farg‘ona viloyati organlari tomonidan 1,9 trln. so‘mlik 228 mingdan ortiq ijro hujjatlari bo‘yicha ijro harakatlari olib borilib, 1,1 trln. so‘mlik 86 mingdan ortiq ijro hujjatlari bo‘yicha ish yurituvi tamomlangan. Shundan, 588,2 mlrd. so‘mlik 66 mingdan ortiq ijro hujjati yoki 77 foizi amalda undirilishi ta’minlangan.

Davlat foydasiga undiruv bilan bog‘liq 835 mlrd. so‘mlik ijro ishlaridan 584,7 mlrd. so‘m yoki 70 foizi tamomlanib, shundan 298 mlrd. so‘mi amalda undirilgan.

Shuningdek, tadbir davomida 2020 yil 1 dekabrdan boshlab jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat bojlari,
jinoiy va ma’muriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha sotilgan mol-mulklarning yarmi - alohida g‘aznachilik hisob-raqami bilan proporsional tartibda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishi ta’kidlab o‘tildi.

Xususan, Farmonda belgilangan talablarning ijrosi yuzasidan o‘tgan 4 oy mobaynida sanab o‘tilgan 6 ta yo‘nalish bo‘yicha 29.4 mlrd. so‘m undiruv amalga oshirilgan bo‘lib, shuning 50 foizi ya’ni 14.7 mlrd. so‘m tegishli tartibda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari uchun yo‘naltirilgan.

Bundan tashqari, byuro organlarida dolzarb masalalardan biri aliment to‘g‘risidagi ishlar bo‘lib, ish yurituvda bo‘lgan 142 mingdan ortiq ijro hujjatlarining 33 mingdan ortig‘i yoki 23%i alimentga oid ijro hujjatlarini tashkil qiladi.
Tadbir davomida jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Farg‘onada joriy yilda qariyb 2 trln. so‘mlik ijro ishlarini tamomladi