
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan yangi bo‘lim — korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi kiritiladi. Mazkur bo‘lim bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis bilan taqdim etilgan. Bo‘lim boshlig‘i lavozimi talabalar soni 1 500 kishigacha bo‘lgan OTMda nazarda tutilmagan.
Boshqa o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar ham kiritilgan.
Ma’lumot uchun, namunaviy shtatlar oliy ta’lim muasssasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar hisobidan joriy etiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar