11:30 / 22.05.2021
2 633

Qashqadaryoda «Neksiya»ning gaz balloni portladi, 2 kishi halok bo‘ldi


Bugun, 22 may kuni soat 06:00da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, “Navoiy” MFY hududidan o‘tuvchi 4P-84 “Yakkabog‘-Chiroqchi” avtomobil yo‘lining 29-kilometrida harakatlanib ketayotgan “Neksiya” avtomobilida o‘rnatilgan gaz balloni portlab ketgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida avtomobil ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda «Neksiya»ning gaz balloni portladi, 2 kishi halok bo‘ldi