Bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i Sherzod Sodiqov Prezident farmoni ijrosi yuzasidan ma’lumot berdi.
Joriy yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlash vazifasi belgilandi, jumladan davlat dasturi asosida 45 ming kvartirali ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan yangi tartibga asosan 27628 ta (18368 ta — shaharlarda, 9260 ta — qishloq joylarda) kvartirali uy-joylar qurish uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.
Ushbu kvartiralarni o‘z ichiga olgan 1048 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi uchun muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga yaqin bo‘lgan 175 ta massiv tanlab olindi. Tasdiqlangan massivlarning topogeodeziya, geologiya qidiruv ishlari va massivlar qurish loyihalarini ishlab chiqish uchun 18,1 mlrd so‘m ajratildi.
Qurilish vazirligi tomonidan uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlari doirasidagi uy-joylar loyihalari, ularni dislokatsiyasi (joylashuvi), soni, ishlatiladigan qurilish materiallari, narx-navo shakllanishi, ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi narxi, soni va boshqalarni o‘z ichiga olgan www.uy-joy.mc.uz veb-portali yaratildi.
Shu bilan birga, Ipoteka kreditlarini berish va subsidiyalar ajratish tartibi, uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari, ular tomonidan qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlarni shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi www.ipoteka-bozori.uz ipoteka veb-portali ishga tushirildi.
Bugungi kunda ikkala veb-portallar integratsiya qilish yo‘li bilan bir-biriga bog‘landi hamda fuqarolar uchun ma’lumotlar olinishi yanada yengillashtirildi.
Bundan tashqari, ishlab chiqilgan yakka tartibdagi 9 tipdagi 3, 4 va 5 xonali yakka tartibdagi uylar qurish namunaviy loyihalari bepul foydalanish uchun vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirildi hamda doimiy ravishda yangilanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)